Ulug'bek Jamg'armasi

Jannatga Yo’l

Joriy yilning 13-may kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dostoni bo‘yicha insholar tanlovi e’lon qilinganligi edi. Shu munosobot bilan tanlovda quyidagi talabalar g‘olib bo‘lganligi e’lon qilindi va taqdirlandi:
1-o‘rin sohibi: Ibragimova Mastona Isabayevna O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti O‘zbek tili adabiyoti fakulteti 4-kurs talabasi.
2-o‘rin sohibi: Sindarova Dilbar Sobirjon qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi.
3-o‘rin sohibi: Malikova Gulnoza Ruxiddin qizi, uy bekasi.